Ozarbayjon fuqarolarini Fransiyaga sayohat qilishdan tiyilishga chaqirdi

Olam

image

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolarini Fransiyaga sayohat qilishdan tiyilishga chaqirmoqda. Bu haqda vazirlik saytida keltirilgan.

“Fransiyada kelib chiqishi jazoirlik o‘smirning politsiya tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirilishi oqibatida yuzaga kelgan tartibsizliklar, politsiyaning ommaviy zo‘ravonligi, fuqarolarning itoatsizligi, rasmiylar tomonidan tegishli choralar ko‘rilmagani, irqchilik tendensiyalarining yanada kuchayganini hisobga olib, Ozarbayjon Respublikasi Fransiyaga keraksiz tashrif buyurishdan tiyilishi kerak va tashrif buyuruvchilarga juda ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi, deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, hozirda Fransiyada bo‘lgan Ozarbayjon Respublikasi fuqarolaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari so‘ralgan.

Fransiyadagi vaziyat 

Joriy yilning 27 iyun kuni Parijga yaqin Nanter shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzgan Nael ismli 17 yoshli jazoirlik yigitni politsiya to‘xtatgan. Biroq Nael politsiyaga bo‘ysunmagan. Politsiyachi esa unga qarata o‘q uzgan. Haydovchi ko‘kragiga o‘q tegib vafot etgan.  

Shundan so‘ng, mamlakatning turli shaharlarida tartibsizliklar boshlangan. 29 iyun kuni bir necha o‘nlab politsiya mashinalari, komissarlik va ma’muriy organlar binolari yoqib yuborilgan, ta’lim muassasalariga zarar yetkazilgan. 30 iyunga o‘tar kechasi Ichki ishlar vazirligi davom etayotgan tartibsizliklarni bostirish uchun 40 ming politsiyachini safarbar etgan. Mamlakatning ayrim shaharlarida maxsus kuchlar ko‘chalarni patrul qilishda zirhli texnika va vertolyotlardan foydalangan.

Ayrim shaharlarda soat 21:00 yoki 22:00 dan boshlab komendantlik soati, shuningdek, tungi vaqtda jamoat transportida cheklovlar joriy etilgan. Mamlakatda vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Twitterʼda marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Shuningdek, Makron Fransiyadagi tartibsizliklar ortidan YeIning Bryusseldagi sammitini tark etgan. 

Bundan tashqari Fransiya Prezidenti tartibsizliklarga kompyuter o‘yinlari sabab bo‘lganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing