Otasini kaltaklagan o‘g‘il hibsga olindi (video)
Olam
−
08 Sentabr 38199 1 daqiqa
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida o‘g‘il xotini bilan otasini kaltaklagani, unga zulm qilgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shardara tumanida yashovchi erkak otasini muntazam kaltaklagan va xo‘rlab kelgan.
Xabarlarga ko‘ra, keksa otaxonning kaltaklanayotganiga guvoh bo‘lgan qo‘shnisi yashirincha videoga olgan, biroq politsiyaga murojaat qilmagan. U videoni keksa qo‘shnisi qiynalib, vafot etganidan keyin e’lon qilgan. Shuningdek, aytilishicha, o‘g‘il mahalliy masjidlardan birida xizmat qilgan.
Politsiyaning ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi qo‘lga olingan va vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.
Hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, natijalariga ko‘ra tegishli qaror qabul qilinadi.
“Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi va vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Hozirda voqea yuzasidan barcha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda, natijaga ko‘ra tegishli qaror qabul qilinadi”, deyiladi politsiya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ayol nogiron onasini kaltaklagani haqida xabar berilgandi.