Oskar yurak muammosi tufayli faoliyatini yakunlashi mumkin
Sport
−
13 noyabr 2025 1784 1 daqiqa
“Chelsi”ning sobiq braziliyalik futbolchisi Oskar kutilmaganda faoliyatini yakunlashi mumkin. Braziliyaning “San-Paulu” jamoasida faoliyat olib borayotgan 34 yoshli futbolchida tibbiy tekshiruvlar payti yurak muammosi aniqlandi. Bu haqda “Globo” xabar berdi.
Hodisa San-Pauluda tibbiy ko‘riklar vaqtida yuz bergan. Standart ko‘riklar davomida futbolchi o‘zini yomon his qilgan va hatto hushini yo‘qotgan. Futbolchiga darhol klub tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan va barqarorlashganidan so‘ng u tez yordam mashinasida Eynshteyn Isroilita shifoxonasiga yetkazilgan.
“San-Paulu” klubi tomonidan e’lon qilingan rasmiy bayonotga ko‘ra, futbolchining holati barqaror va u keyingi testlardan o‘tishda davom etmoqda, futbolchining tashxisi aniqlangunga qadar kuzatuv ostida bo‘ladi. Klub mutaxassislari futbolchining shaxsiy hayotiga hurmat bilan yondashgan holda, tibbiy yangilanishlar taqdim etilganida qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi.
Shu sababli, Oskar futbolchilik faoliyatini yakunlash ehtimoli mavjud. U hozir “San-Paulu” bilan 2027 yil dekabrigacha amal qiladigan shartnomaga ega, ammo sog‘ligi tufayli klub bilan kelajakdagi hamkorligi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Oskar 2012–2017 yillarda oralig‘ida Angliyaning “Chelsi” jamoasi safida faoliyat olib borgan. U Braziliya terma jamoasi bilan 2013 yil Konfederatsiyalar kubogi va 2014 yil Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Live
Barchasi