Osiyoning eng yaxshi 10 nafar legioner futbolchisi aniqlandi
Sport
−
25 yanvar 2021 7172 1 daqiqa
Ovoz berish yo‘li bilan 2020 yilning eng yaxshi osiyolik legioner futbolchisi aniqlandi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.
Xabarga ko‘ra, Angliyaning “Tottenhem” klubi o‘yinchisi Son Hyon Min ushbu reytingda birinchi o‘rinda qayd etilgan. Koreyalik yarimhimoyachi o‘tgan mavsumda “Tottenhem” safida 26 ta gol va 11 ta golli uzatma bergan.

Ikkinchi o‘rindan Portugaliyaning “Portu” jamoasida to‘p suruvchi eronlik forvard Mehdi Taremi, uchinchi pog‘onadan Kanadaning “Vankuver Uaytkeps” klubi safida harakat qiluvchi iroqlik xavbek Ali Adnan o‘rin olgan.
Quyida Osiyoning top 10 nafar eng yaxshi legioner futbolchilari reytingi:
1. Son Hyon Min (“Tottenhem”, Janubiy Koreya)
2. Mehdi Taremi (“Riu Ave”/ “Portu”, Eron)
3. Ali Adnan (“Vankuver Uaytkeps”, Iroq)
4. Nikita Rukavitsa (“Makkabi” Haifa, Avstraliya)
5. Sardor Ozmun (“Zenit”, Eron)
6. Takehiro Tomiyasu (“Bolonya”, Yaponiya)
7. Li Kang In (“Valensiya”, Janubiy Koreya)
8. Kaveh Rizoi (“Sharlerua”, Eron)
9. Takumi Minamino (“Liverpul”, Angliya)
10. Daichi Kamada (“Ayntraxt”, Yaponiya).
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust