Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonning yarim finaldagi raqibi aniq bo‘ldi
Sport
−
18:33 2165 1 daqiqa
Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Aichi-Nagoya-2026 shaharlarida o‘tkazilayotgan yozgi Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi. Bu bosqichda o‘zbekistonlik futbolchilar mezbon Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.
Yaponiya olimpiya terma jamoasi bugun, musobaqaning chorak final bosqichida Shimoliy Koreyani kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining finali uchun yo‘llanma talashida Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv joriy yilning 30 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Ravshan Haydarov shogirdlari turnir chorak finalida Dilshod Murtozayev, Azizbek To‘lqinbekov va Firdavs Abdurahmonovning gollari evaziga Saudiya Arabistoni terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining chorak finalida Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda 3:6 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etgandi.
Live
Barchasi