Ortiqxo‘jayevning Matbuot xizmati “qovun tushirdi”. U hali hokimlikka tasdiqlanmadi
Jamiyat
−
13 yanvar 2020
16078Avvalroq, 6-chaqiriq Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining birinchi sessiyasi o‘tkazilayotgani, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimligiga ko‘rsatilgan nomzod ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergan edik.
Nomzod yuzasidan muhokamalar tugamay turib, Toshkent shahar hokimligi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlangani haqida xabar tarqatdi. Bu vaqtda esa deputatlar muhokamalari yopiq eshiklar ortida davom etayotgandi va natijalar qanday bo‘lishi ma’lum emasdi.
Toshkent shahar hokimligining 30 kishiga yaqin Matbuot xizmati shoshqaloqlik bilan Ortiqxo‘jayevning hokimlikka tasdiqlangani haqidagi xabarni e’lon qildi va OAV unga asoslangan holda xabar tarqatdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabar sarlavhasi va mazmuni o‘zgartirildi.
QALAMPIR.UZ xodimlaridan iborat jamoa ayni vaqtda Toshkent shahar hokimligida bo‘lib turibdi va qayd etilishicha, muhokamalar yakunlangan, biroq hali natijalar e’lon qilinganicha yo‘q.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining tasdiqlanmagan axborotni tarqatgani deputatlar va mas’ul idoralar vakillarining e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
LiveBarchasi