Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
07 Mart 2019 10293 1 daqiqa
Bugun, 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida va hududda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Quyidagilar rahbar lavozimlariga tayinlandilar:
Podpolkovnik Amanbay Tleubayevich Orinbayev – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;
Podpolkovnik Xurshid Abdinazarovich Ochilov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr