“Open budget”ning g‘olib loyihalari e’lon qilindi
Jamiyat
−
01 Sentabr 15250 1 daqiqa
Kecha, 31 avgust kuni “Tashabbusli byudjet”ning 2025 yilgi 2-mavsumi doirasida loyihalarga ovoz berish bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, jarayonlarda respublika bo‘ylab jami 11 milliondan ortiq ovoz berilgan. “Tashabbusli byudjet”ning 2025 yilgi 2-mavsumi 1-bosqichi 15 iyuldan 3 avgustgacha o‘tkazilib, unda loyihalar ro‘yxatga olindi. So‘ngra 4 avgustdan 18 avgustgacha saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. 19 avgustdan 21 avgustgacha targ‘ibot bosqichi o‘tkazilgan bo‘lsa, 22 avgustdan 31 avgustga qadar loyihalarga ovoz berildi.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trillion so‘mlik 2 332 ta loyiha g‘olib deb topildi!
Bugun, 1 sentyabr kuni “Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet”ning 2025 yilgi 2-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Mazkur loyihalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Live
Barchasi