Ommaviy janjalda qatnashgan migrantlar Rossiyadan quvilishi mumkin

Olam

image

Rossiya hukumati Davlat dumasiga ommaviy mushtlashuvlar, mayda bezorilik, ekstremistik ramzlarni namoyish qilish va boshqa qonunbuzarliklar uchun migrantlarni deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi. Hujjat Davlat dumasining elektron ma’lumotlar bazasiga joylashtirildi. https://sozd.duma.gov.ru/bill/1191445-8

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda migrantlar tomonidan Rossiya qonunlarini buzish holatlari ko‘paygan. Ekstremizm va xavfsizlikka tahdid bilan bog‘liq jiddiy qonunbuzarliklar uchun xorijliklar Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborilishi ko‘zda tutilmoqda. Bunday holatlar uchun jarima va qurolni musodara qilish ham ko‘zda tutilgan.

Ekstremistik atributlarni namoyish etish, hokimiyat organlariga hurmatsizlik qilish, Rossiya armiyasini obro‘sizlantirish, ko‘cha mojarolarida qatnashish, ruxsat etilmagan mitinglar va boshqa qonunbuzarliklar deportatsiya uchun asos bo‘ladi. 

Shuningdek, xorijliklar uchun jarimalarni oshirish taklif etilmoqda: mamlakatda bo‘lish tartibini buzganlik uchun – 4 ming rublgacha, noqonuniy ishlaganlik uchun – 7 ming rublgacha. Chegarani kesib o‘tish qoidalarini buzish va politsiyaga bo‘ysunmaslik uchun ham oshirilgan jarimalar joriy etiladi. Mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini transport politsiyasiga berish, deportatsiya ishlarini esa qoidabuzarlik sodir etilgan joyda ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Ust-Luga posyolkasidagi qurilish maydonida qozog‘istonliklar ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan edi. Ayrim shaxslarga, jumladan, Qozog‘iston fuqarolariga ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha 10 sutka qamoq jazosi tayinlangan. Yana uch nafar Qozog‘iston fuqarosi ustidan tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant Ommaviy janjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing