“Omicron” Olimpiada o‘tkaziladigan Pekinga yetib bordi

Olam

image

Kecha, 15 yanvar kuni Xitoy poytaxti Pekinda koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Bu haqda shahar kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi xabar qilgan.

“15 yanvar kuni SOVID-19 bilan kasallanish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, gap “omicron” haqida bormoqda.

Aniqlik kiritilishicha, bemor shaharning shimoli-g‘arbida joylashgan Xaydyan tumanida istiqomat qiladi. O‘tgan 14 kun ichida bemor Xitoyning boshqa viloyatlari yoki shaharlarida sayohat qilmagan yoki yashamagan.  Hukumat virus aniqlangan shaxs yashovchi uyni va uning ish joyini muhrlagan. Shuningdek, mazkur ikki bino bilan aloqada bo‘lgan 2,4 mingdan ortiq odamning namunasi olingan.

Ma’lumot uchun, Pekin 4-20 fevral kunlari qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing