Olmaliqda yangi oltin saralash fabrikasi qurilmoqda
Biznes
−
29 may 4250 1 daqiqa
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda tabiiy boyliklardan samarali foydalanish maqsadida keng ko‘lamli sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shunday muhim loyihalardan biri Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Kovuldi oltin saralash fabrikasi qurilishi” loyihasidir.
Yangi fabrika “Kovuldi” va “Quyi-Kenjasoy” konlarida qazib olinadigan ma’danlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, yiliga 200 ming tonna xomashyodan qimmatbaho metallarni ajratib oladi.
Fabrikaning qurilish ishlari joriy yilning fevral oyida boshlangan bo‘lib, 2025 yil 4-choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
E’tiborlisi, qurilish ishlarini kombinatning “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti amalga oshirmoqda. Ayni paytda loyiha doirasida yer maydonini tayyorlash, ma’muriy-maishiy binolarning poydevorini qurish va ishlab chiqarish binosi uchun 54 ta temir-beton kolonna hamda 530 ta to‘siq o‘rnatish ishlari bajarildi.
Fabrika qurilishining ikkinchi bosqichida texnologik uskunalar – tegirmonlar, gidrotsiklonlar va klassifikatorlar o‘rnatiladi. Uskunalar ham kombinatning Markaziy ta’mirlash-mexanika zavodi tomonidan mahalliylashtirish dasturi asosida tayyorlanmoqda. Shu kungacha 2 ta tegirmon, 2 ta gidrotsiklon va boshqa ehtiyot qismlar tayyorlandi.
Fabrika ishga tushirilgach, qo‘shimcha 151 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Ma’lumot uchun, kombinatda Angren kon boshqarmasi va Namangan viloyatidagi Chodak kon boshqarmalarida ham oltin saralash fabrikalari mavjud.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr