Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi ma’lum qildi.

O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining  2025 yil 23 yanvardagi farmoyishi bilan:

  • Abdurahmon Bakayevich Safoyev yozma arizasiga asosan Namangan viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan;
  • Jamshid Shuhratilloyevich Homidov yozma arizasiga asosan Surxondaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari –iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, shu kungi farmoyishiga muvofiq:

  • Navro‘z Boboqulovich Rahmonov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga; 
  • Sardor Tohirovich Jo‘raboyev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
  • Abdunosir Abduhamidovich Egamberdiyev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Namangan viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
  • Zoir Amanovich Rustamov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.

Bugun, 25 yanvar kuni Senatning 3-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi. Oliy Majlis Senatning ushbu masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga asosan Navro‘z Boboqulovich Rahmonov, Abdunosir Abduhamidovich Egamberdiyev, Zoir Amanovich Rustamov, Abduvohid Abduqodirovich Qosimov va Hasan Sunnatullayevich Egamberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar