Oldin va hozir: Urgutda yarim asrlik xaroba poliklinika yangilandi (foto)

Jamiyat

image

Samarqand viloyatining Urgut tumanida yarim asr oldin qurilib, hozirda ayanchli ahvolga tushib qolgan poliklinika yangilandi. Uni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ko‘zdan kechirgan edi.

1972 yilda qurilgan Urgut tumanining “Bahrin” mahallasidagi 21-sonli oilaviy poliklinika 16 ta qishloq aholisi – 13 mingdan ortiq inson uchun yagona tibbiyot maskani bo‘lgan. Bino yarim asrdan ortiq vaqt davomida kapital ta’mirlanmagan.

Devorlari nam tortgan, tomidan suv o‘tadigan, sharoiti og‘ir xonalarda shifokorlar bemor qabul qilishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay, minglab insonlar aynan shu maskanga tayanib yashagan, chunki boshqa tanlov bo‘lmagan. Ushbu holat 2025 yil dekabr oyida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan joyiga borib o‘rganilgan.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sog‘liqni saqlash tizimiga qaratilayotgan e’tibor natijasida bugun bu maskan butunlay yangilangan. Poliklinika to‘liq rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha korpus qurilgan va 20 o‘rinli yangi tug‘ruq bo‘limi tashkil etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga borib, Prezident topshirig‘iga ko‘ra tubdan qayta qurilgan ushbu oilaviy poliklinikaga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Urgut poliklinika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing