Oq uy yonida otishma. Tramp afg‘onistonliklarning AQSHga kirishini to‘xtatdi
Olam
−
27 noyabr 2025 3815 2 daqiqa
AQSH Afg‘oniston fuqarolarining mamlakatga kirish uchun barcha arizalarini darhol cheklangan muddatga to‘xtatganini e’lon qildi. Bu haqda AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Afg‘oniston fuqarolariga oid barcha immigratsion so‘rovlar, xavfsizlik protokollari va tekshiruvlari yana ko‘rib chiqilguncha, cheklangan muddatga to‘xtatiladi. Mamlakatimiz va amerikalik aholi xavfsizligini ta’minlash bizning asosiy maqsadimiz va missiyamizdir”, deyiladi xabarda.
Ushbu chora Oq uy oldida sodir bo‘lgan otishma voqeasidan so‘ng qabul qilindi, unda AQSH Milliy gvardiyasi ikki xodimi jarohatlandi va hozirda ular shifoxonada og‘ir ahvolda. Otishmani amalga oshirgan shaxs qo‘lga olingan va u ham og‘ir jarohatlangan. Gumonlanuvchi 29 yoshli afg‘onistonlik Rahmonulloh Lakanval bo‘lib, u 2021 yilda AQSHga kirgan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, Lakanval AQSHga Jo Bayden ma’muriyati “Allies Welcome” dasturi doirasida kelgan, bu dastur Afg‘onistondan amerikalik qo‘shinlar chiqib ketganidan so‘ng va “Tolibon” hokimiyatga qaytgandan keyin fuqarolarga AQSHga kirish imkonini bergan.
ABC News ma’lumotiga ko‘ra, Lakanval o‘tgan yili boshpana olish bo‘yicha murojaat qilgan va 2025 yilda tasdiqlangan, bu Trampning Oq uyga qaytishidan keyin bo‘lgan. Tramp bu hujumni “terror harakati” deb atab, Bayden davrida AQSHga kelgan barcha afg‘onlarni tekshirish zarurligini ta’kidlagan.
Live
Barchasi