Oilasiga bosimlar sabab eronlik futbolchilar mamlakatga qaytmoqda
Sport
−
16 mart 11112 2 daqiqa
Eron ayollar futbol terma jamoasi sardori Zahra G‘anbari boshpana so‘rash haqidagi arizasini qaytarib olganidan so‘ng Avstraliyani tark etib, Eronga qaytdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, G‘anbari Osiyo kubogidan keyin mamlakatda qolish taklifini avval qabul qilgan, biroq keyinchalik fikrini o‘zgartirgan. Shu tariqa u qarorini o‘zgartirgan jamoaning beshinchi a’zosiga aylandi.
Eron davlat axborot agentligi IRNA xabariga ko‘ra, G‘anbari Malayziyadagi boshqa jamoadoshlariga qo‘shilgan.
Avvalroq, Avstraliya Osiyo kubogi vaqtida mamlakatda bo‘lgan jamoaning yetti nafar a’zosiga, jumladan, texnik xodimlardan biriga boshpana berishga tayyorligini bildirgandi. Biroq keyinchalik ayrim futbolchilar Eronga qaytishga qaror qilgan.
Eron milliy futzal jamoasining sobiq futbolchisi va inson huquqlari faoli Shiva Amini aytishicha, Eron Inqilobiy gvardiyasiga yaqin tuzilmalar Avstraliyada qolishni istagan futbolchilarning oilalariga bosim o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, ayniqsa sardor G‘anbarining oilasi nishonga olingan.
Amini ayrim futbolchilar hali ham chet elda qolayotganini va ular katta bosim ostida ekanini bildirib, ularga tezkor yordam va himoya zarurligini ta’kidlagan.
Shuningdek, Eron-Avstraliya diasporasi vakillaridan biri futbolchilarga Eron hukumatidan turli xabarlar yetkazilgani, hatto ayrim hollarda ularning oilalari yuborgan ovozli xabarlar orqali futbolchilarni vatanga qaytishga ko‘ndirishga urinishlar bo‘lganini ma’lum qilgan.
Eronning “Tasnim” axborot agentligi esa futbolchilarning boshpana so‘rash arizalaridan voz kechib, vatanga qaytish qarorini “vatanparvarlik qarori” sifatida baholagan.
Avstraliya hukumati esa futbolchilarga mamlakatda qolish uchun barcha imkoniyatlar taqdim etilganini ta’kidlamoqda. Hukumat vaziri Ketrin Kingning aytishicha, futbolchilar xavfsiz ekanini bilgan holda ushbu qarorni qabul qilgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust