Odamlar ko‘chib kelgan ko‘p qavatli uyga nega lift o‘rnatilmagan? Vazirlik mujmal izoh berdi
Jamiyat
−
25 aprel 2023 9646 2 daqiqa
Joriy yilning 23 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida joylashgan ko‘p qavatli turar-joyda lift mavjud emasligi va bir qator muammolar borligi bo‘yicha e’lon qilingan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, Andijon viloyati Andijon shahar 1 kichik daha Nodira ko‘chasida joylashgan 7 qavat mansardali binoda sotish jarayonida va’da berilgan lift aholi ko‘chib kelganiga 4-5 oy bo‘lganiga qaramay haligacha o‘rnatilmagan. Shuningdek, turar-joyning pod’ezd qismi yaroqsiz ta’mirlangani bu borada shahar hokimligiga murojaat qilingani aytib o‘tilgan.
Bundan tashqari, murojaatchi “Ya.D.M.” MCHJ tomonidan 2020 yilda qurib bitkazilgan mazkur ko‘p qavatli binoning yerto‘lasi sotib yuborilgani hamda yerto‘la qismida tinimsiz suv toshib ketayotgani haqida ham gapirib o‘tgan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi esa faqatgina lift muammosiga to‘xtalib, hozirda pudratchi tomonidan lift qo‘yish ishlari boshlanganligi va tez orada montaj ishlari yakunlanishini ma’lum qilgan. Ayni paytda lift uchun elektr simlarini tortish va 1-qavatda lift eshiklarini o‘rnatish ishlari boshlanganligini aytayotgan vazirlik murojaatchi tilga olgan boshqa bir qator muammolarga izoh bermagan. Shuningdek, tashkilot ko‘p qavatli uy lifti nega odamlar ko‘chib kelganidan so‘ng o‘rnatilayotganini ham tushuntirmagan.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
Barchasi