Nursulton Ro‘ziboyevning UFC'ga o‘tishiga bir qadam qoldi
Sport
−
10 iyun 2023 7069 1 daqiqa
O‘zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning UFC bilan shartnoma imzolashiga oz qoldi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagaram sahifasida ma’lum qildi.
MMA olamidagi eng mashhur menejerlardan biri Ali Abdel-Aziz Ro‘ziboyevning Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylagan rasmi ostiga “Tez orada”, degan izoh qoldirdi.
Nursulton esa “Men tayyorman, kutyapman”, deya javob qaytardi.
Shuningdek, Nursulton yaqin orada bu masala hal bo‘lmasa, tashkilot prezidenting yana bir MMA promousheni bo‘lgan “Dana White Contender Series” UFC'ga o‘tish turnirida jang qilishi mumkinligini aytdi.
“Agar bugun-erta shartnomam hal bo‘lib qolsa, iyun-iyul oylaridagi UFC turnirlariga ulgurib qolishim mumkin. Mabodo o‘xshamay qolsa, “Dana White Contender Series”da jang qilaman”, deydi Ro‘ziboyev.
Ma’lumot uchun, Nursulton 2014 yildan o‘rta vaznda MMA'da jang o‘tkazib keladi. U professional faoliyati davomida 43 marta oktagonga ko‘tarilib, 35 ta jangda g‘alaba qozongan, 8 ta bahsda esa raqiblariga imkoniyatni boy bergan.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
Barchasi