Noyob jonivorlarni kontrabanda qilishga uringan o‘zbekistonlik ushlandi

Olam

image

Rossiyaning Krasnodar shahrida noyob yovvoyi jonivorlarni olib ketishga uringan o‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

O‘zbekiston fuqarosi ikkita leopard va bitta bengal yo‘lbarsi bolalarini samolyotda mamlakatdan olib chiqib ketishga uringan.

Mazkur holat yuzasidan RF Jinoyat kodeksining 226.1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha tergov usitdan transport prokuraturasi nazorat o‘rnatgan. Unga 7 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Erkak Krasnodardan Toshkentga uchish uchun ro‘yxatdan o‘tayotganda qo‘lga olingan. U jonivorlarni plastmassa konteynerlarda olib ketmoqchi bo‘lgan. Jonivorlar Krasnodardagi hayvonot bog‘iga berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya kontrabanda

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing