Norvegiyada 100 dan ortiq uy yonib, kultepaga aylandi (video)

Olam

image

Kecha, 17 iyul kuni Norvegiya janubidagi Drammen kommunasida yuz bergan yirik yong‘in 100 dan ortiq uyni kultepaga aylantirdi, bir necha yuzlab odamlar evakuatsiya qilindi. Bu haqda NRK xabar berdi.

“Juma kuni kunning ikkinchi yarmidan boshlab Krokstadelv shahrida juda kuchli yong‘in quturmoqda... 100 dan ortiq uyga butunlay shikast yetgan va bir necha yuzlab odamlar evakuatsiya qilingan”, deyiladi xabarda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, politsiyaga xonadonlardan birida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan, so‘ngra olov boshqa uylar va atrofga tarqalgan. Kamida uch kishi, jumladan, bir nafar o‘t o‘chiruvchi jarohatlangan. Bundan tashqari, sakkiz nafar politsiya xodimi tutundan zaharlangan.

Vestfoll mintaqalararo yong‘in xavfsizligi xizmati boshlig‘i Yan Xelge Kayserning so‘zlariga ko‘ra, bugun, 18 iyul kuni ertalab yong‘in qurshab olingan, biroq o‘chirish ishlari kun davomida ham davom etadi: turarjoy hududida va atrofdagi o‘rmonda hali ham bir nechta yong‘in o‘choqlari qolmoqda. Uning aytishicha, amaliyotga o‘nta yong‘in xavfsizligi qismi jalb etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jazoir poytaxti yaqinidagi bolalar uyida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lib, yana 19 kishi jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing