Norvegiya ham muddatidan avval pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi
Sport
−
23 iyun 2586 1 daqiqa
Bugun, 23 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Norvegiya va Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahs norvegiyaliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
G‘olib jamoa safida Markus Pedersen hamda Erling Holand (48, 58) gol muallifi bo‘ldi. Senegal tarkibida esa Ismoila Sarr 53 va 90+3-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ushbu dubl orqali Erling Holand 2026 yilgi Jahon chempionatidagi gollari sonini 4 taga yetkazdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega tenglashdi. Ayni vaqtda musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib 5 ta gol bilan Argentina sardori Lionel Messi bormoqda.
Mazkur g‘alaba Norvegiya terma jamoasiga muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini taqdim etdi. Norvegiyaliklar 1998 yildan buyon ilk bor Jahon chempionatining hal qiluvchi bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. O‘shanda jamoa guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, 1/8 finalda Italiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, ikki turdan keyin Fransiya va Norvegiya terma jamoalari 6 ochkodan jamg‘argan holda “I” guruhida yetakchilik qilmoqda. Senegal hamda Iroq hisobida esa hozircha ochko yo‘q.
Guruh bosqichining so‘nggi turida Norvegiya Fransiya bilan kuch sinashsa, Senegal Iroqqa qarshi maydonga tushadi. Har ikki uchrashuv joriy yilning 26 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi