Niderlandiya Jahon chempionatini boykot qilishga chaqirdi

Sport

image

Niderlandiya hukumatining Donald Trampning Grenlandiyaga nisbatan siyosati sabab 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini boykot qilishga chaqiruvchi murojaati 170 mingdan ortiq imzo to‘plab, parlamentga topshirildi. Bu haqda RTL Nieuws xabar berdi.

Mazkur murojaat joriy yilning yanvar oyi oxirida niderlandiyalik jurnalist va sharhlovchi Teun van de Keuken tomonidan tashkil etilgan. U va uning hamfikrlari AQSHning boshqa davlatlar ishlariga aralashuvi hamda Grenlandiyaga oid bayonotlari sabab ushbu mamlakatda o‘tkaziladigan musobaqada ishtirok etishni nomaqbul deb hisoblamoqda.

Niderlandiya Sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va Sport vazirligi bu boradagi qaror hukumat tomonidan emas, balki mamlakat futbol assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilinishini ma’lum qildi.

Murojaat kecha, 24 mart kuni parlamentga taqdim etildi. Tashabbuskorlar va deputatlar ushbu masalani Sport vaziri e’tiboriga havola qilishiga umid bildirmoqda. Ularning fikricha, bunday muhim qaror faqat futbol assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilinmasligi kerak.

2026 yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqada Niderlandiya terma jamoasi Yaponiya, Tunis va saralash g‘olibi bilan birga “F” guruhidan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jahon chempionati Niderlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing