Neymar sport rejimini buzdi. Muxlislar futbolchidan norozi bo‘lmoqda

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Neymar Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali “Bavariya”ga qarshi birinchi o‘yinda jamoasi mag‘lubiyatga uchragan kunning ertasiga sport rejimini buzdi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi poker turnirida ishtirok etgan, so‘ngra ovqatlanish uchun McDonald’s restoraniga borgan. Odatda professional o‘yinchilarga bunday joylarda ovqatlanish taqiqlanadi. Braziliyalik futbolchining bu harakati fransuz klubi muxlislarida o‘ta salbiy munosabatga sabab bo‘lgan.

31 yoshli Neymar joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.

“Transfermarkt” portali futbolchining transfer narxini 75 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing