Neymar “Bavariya”ga qarshi o‘yingacha tiklanib ulguradimi?
Sport
−
20 fevral 2023 5890 1 daqiqa
19 fevral kuni jarohat olgan PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar “Bavariya” bilan UEFA Chempionlar ligasi javob o‘yinigacha tiklanishga ulgurishi mumkin. U Fransiya chempionatida “Lill”ga qarshi o‘yinda (4:3) jarohatlangan edi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Neymarning tiklanish vaqti 2-3 haftani tashkil qiladi. Aynan shu davolanish davrida futbolchining keyingi o‘yinga maydonga tushish yoki tushmaslik masalasi muhokama qilinadi. “Bavariya” - PSJ o‘yini 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “Lill”ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida braziliyalik futbolchi raqib himoyachisi Fonte bilan to‘qnashib, jarohat olgandi. 51-daqiqada hujumchini zambilda maydondan olib chiqishdi. Uning o‘rniga Ugo Ekitike maydonga tushdi.
Kecha PSJ Neymarni MRTdan o‘tkazgani haqida xabar bergan edi. Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, futbolchi jiddiy jarohat olmagan.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel