Neymar “Barselona”ga qaytmaydi
Sport
−
24 yanvar 1588 1 daqiqa
“Barselona” sport direktori Deku braziliyalik “Al-Hilol” hujumchisi Neymarning Kataloniya klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi.
“Neymarning “Barselona”ga qaytishi haqidagi gap-so‘zlar har doim uzoqqa cho‘zilgan. Bilamizki, u Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan beri juda qimmat futbolchiga aylandi. Neymar formada bo‘lganida dunyodagi eng kuchli futbolchilardan biri hisoblanadi. Uni istalgan klubda iliq kutib olishadi. Hech narsani inkor etib bo‘lmaydi, lekin menimcha, u hozir Braziliyaga qaytadi. Eng muhimi, u yana futbol o‘ynashi kerak. Bu Neymarga ham, boshqalarga ham quvonch keltiradi. Uning qanday rejalari borligini bilmayman”, deydi Deku.
Joriy mavsumda Neymar “Al-Hilol” safida barcha musobaqalarda 2 ta o‘yin o‘tkazdi, ammo gol ura olmadi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” “Manchester Yunayted” futbolchisi Markus Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olishi xabar qilingandi.