Netanyaxuning kotibi “Mossad” rahbari bo‘ldi
Olam
−
11:05 3545 1 daqiqa
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning harbiy kotibi general-mayor Roman Gofman mamlakat tashqi razvedka xizmati – “Mossad” rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Isroil hukumati rahbarining idorasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Gofman ushbu lavozimga 2026 yilning 2 iyunidan rasman kirishadi.
Gofman nomzodi rahbar lavozimlariga tayinlash bo‘yicha maslahat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, Binyamin Netanyaxu tegishli farmonni imzolagan. Bu qaror haqida u ilk bor 2025 yil dekabrida ma’lum qilgan va turli nomzodlar orasidan aynan Gofmanni “eng munosib” deb topgan.
Roman Gofman ushbu lavozimda David Barneaning o‘rnini bosadi. Barneaning besh yillik vakolat muddati 2026 yil iyunda yakunlanadi.
Gofman 1976 yil Belarusning Mozir shahrida tug‘ilgan. 1990 yilda oilasi bilan Isroilga ko‘chib o‘tgan va 1995 yilda armiya safida xizmatni boshlagan. U bronetank qo‘shinlarida xizmat qilib, keyinchalik ofitserlik lavozimlarida turli bo‘linmalarga, hatto diviziya darajasigacha qo‘mondonlik qilgan. 2022 yilda quruqlik qo‘shinlari Milliy o‘quv markaziga rahbarlik qilgan, 2024 yil may oyida esa bosh vazirning harbiy kotibi lavozimiga tayinlangan.
Live
Barchasi