Navoiyda mast velosiped haydovchisi YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida Nexia haydovchisi velosipeddagi fuqaroni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu hodisa Yangiobod-Zarafshon yo‘nalishida, yo‘lning yoritilmagan qismida sodir bo‘lgan. 47 yoshli velosiped boshqaruvchisi spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda yo‘lning belgilanmgan qismidan kesib o‘tishga harakat qilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan velosipeddagi fuqaro vafot etgan.

“Bu hududda velosiped haydovchilari doimiy ravishda yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tishi natijasida doimiy tushuntirish ishlari olib boriladi. Bunday holatlar bo‘yicha yaqin orada 10 dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan”, deydi Xatirchi tumani IIB YHXB katta inspektori Ixtiyor Hasanov.

Hozirda Xatirchi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harkatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH Navoiy

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing