NATOning pensiyaga chiqadigan vaqti keldi – Zaxarova 

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova 2023 yil 4-5-aprel kunlari NATOga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari darajasidagi alyans kengashi yig‘ilishi yakunlarini sharhlar ekan, blokni muqobil kuch markazlarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilib, o‘zining global rolini va Yevro-Atlantikadan tashqariga chiqish zarurligini tobora ko‘proq ta’kidlab, dunyoni yanada xavfli qilishga harakat qilayotganlikda aybladi. Bu haqda Rossiya TIV saytida e’lon qilingan rasmiy bayonotda so‘z bordi. 

Zaxarova Shimoliy Atlantika alyansini jamoaviy G‘arbning butun dunyodan ustunligini ta’minlashi kerak bo‘lgan Sovuq urush qoldig‘i, deb atagan.

“Aslida blok haqida maqtanadigan hech narsa yo‘q. NATO ittifoqchilari ortida urushlar, davlatlarni vayronalarga aylantirish, jazosiz urush jinoyatlari, tinch aholini o‘ldirish va fuqarolik infratuzilmasini vayron qilish turibdi. Yugoslaviya, Iroq, Afg‘oniston, Liviya. Navbatda kim?” deyiladi Zaxarovaning bayonotida. 

Shuningdek, u Shimoliy Atlantika bloki vakillari NATOni mudofaa ittifoqi ekanlini takrorlasada, tashkilotning butun tarixi boshqa narsani ko‘rsatishini ta’kidlagan. 

“Endi biz butun Yevropa xavfsizlik tizimini o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan NATO yana Rossiya tomon kengayib, xavfsizligimizga tahdid solayotganini ko‘ryapmiz. Shimoliy Atlantika ittifoqining yana bir “qurboni” Finlyandiya bo‘ldi, uning ma’murlari o‘z mamlakatlarini uzoq muddatli betarafligi bilan xayrlashishga qaror qildi. Buning evaziga uni Rossiyani shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda ushlab turish trampliniga aylantirishdi”, degan TIV vakili. 


Zaxarovaning fikricha, NATO bu bilan to‘xtab qolish niyatida emas. U NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning alyansning global roli, uning an’anaviy mas’uliyat zonasi – Yevro-Atlantikadan tashqariga chiqishi zarurligi haqidagi bayonotlarini eslatgan. 

“Aslida, mintaqaviy xavfsizlik tizimlarini qurishda NATOga asoslangan yondashuvlarni keng joriy etish uchun poydevor yaratilmoqda. Ukrainani qurol-yarog‘ bilan to‘ldirish va uni Rossiya bilan urushni davom ettirishga undash, Xitoyga hujumlar, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan “noz-karashma”lar, Arktikani harbiylashtirish rejalari ham shuning uchun qilinmoqda”, degan Mariya Zaxarova.

Uning aytishicha, bularning barchasi G‘arbning gegemonligiga putur yetkazadigan muqobil kuch markazlari shakillanishini oldini olish maqsadida qilinmoqda. Bu esa dunyoni yanada xavfli qilishi tayin.

“Umuman olganda, ishonch bilan aytish mumkinki, xavfsizlik va NATO bir-biriga mos kelmaydigan narsalar. Bu borada faqat bitta xulosa o‘zini ko‘rsatadi – 74 yoshdagi Shimoliy Atlantika bloki uchun nafaqaga chiqish vaqti keldi”, deydi Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 aprel kuni Bryusselda NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi boshlangan edi. Birinchi maslahatlashuvlardan so‘ng alyansga yangi 31-a’zo Finlyandiya qo‘shilgani e’lon qilingan, NATO qarorgohlarida Finlyandiya bayrog‘i ko‘tarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya G'arb Finlyandiya Zaxarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing