NATO tez orada Ukrainaga dronga qarshi vosita yetkazib beradi

Olam

image
Eron Rossiyaga qo‘shimcha dronlar yetkazib berishni va’da qildi – OAV north_east

Eron Rossiyaga qo‘shimcha dronlar yetkazib berishni va’da qildi – OAV

NATO tez orada Ukrainaga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan kurashish uchun uskunalar yetkazib beradi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.

“Yaqin kunlarda NATO uchuvchisiz havo apparatlarining, jumladan Eronning tahdidiga qarshi turish uchun uchuvchisiz havo vositalariga qarshi tizimlarni topshiradi”, deydi Stoltenberg Berlin tashqi siyosat forumida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap yuzlab faol interferension stansiyalar haqida bormoqda.

Blok rahbari Ukrainani nafaqat avval va’da qilingan havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlash, balki Kiyevga shu turdagi texnika yetkazib berish hajmini oshirish zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabr kuni Ukraina hududi bo‘ylab Kiyevga uyushtirilgan dronlar hujumlari hamda Dnepr va Sumi viloyatlariga raketa zarbalaridan so‘ng havo ogohlantirishi e’lon qilindi. Ukraina poytaxtida havo hujumi 3 soat 8 daqiqa davom etdi, yangi zarbalar soat 9:31 da berildi. Erta tongda signal qabul qilingani sababli, dushanba kuni Kiyevdagi barcha ta’lim muassasalari masofaviy ish rejimiga o‘tkazildi.

Ukraina va AQSHga ko‘ra, ushbu dronlar Eronning kamikadze dronlari bo‘lib, Tehron BMT sanksiyalarini buzib, Rossiyaga portlovchi, uchuvchisiz samolyotlar yetkazib bermoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

63

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing