NATO Sovuq urushdan keyingi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi

Olam

image

NATO Sovuq urush davridan beri eng yirik harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

“Doimiy himoyachi” deb nomlangan manyovrlarga kamida 41 ming askar va 50 dan ortiq kema jalb etilishi va mashg‘ulotlar davomida 500 dan 700 tagacha jangovar parvozlar amalga oshirilishi kutilmoqda. Rejaga ko‘ra, “qo‘shinlar uchun realroq ssenariylarni yaratish maqsadida aniq geografik ma’lumotlardan” foydalaniladi.

Manbaga ko‘ra, mashg‘ulotlardan maqsad “alyansga a’zo mamlakatlardan biriga qarshi qaratilgan Rossiya tajovuzkorligini qaytarishga urinish”dir. Aytilishicha, bu manyovrlar NATO tomonidan “alyansning urushga tayyorligini Moskvaga namoyish etish” ekanligi aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mashg‘ulotlar Germaniya, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida 2024 yilning fevral va mart oylarida bo‘lib o‘tadi. Ularda NATOga a’zo 31 davlatdan tashqari, alyansga kirish uchun Turkiya va Vengriyaning roziligini kutayotgan Shvetsiya ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-23 iyun kunlari Germaniyada “Air defender-23” mashqlari bo‘lib o‘tgandi. Unda Yevropa va AQSHdan bir necha ming askar ishtirok etgan, mashg‘ulotlar davomida 240 ta samolyot havoga ko‘tarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Doimiy himoyachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing