NATO Rossiya dronlarining Polshaga kirishini hujum deb hisoblaydimi?
Olam
−
10 Sentabr 4910 1 daqiqa
NATO bugun, 10 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiyaning uchuvchisiz samolyotlarining Polsha havo hududini buzishini to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum deb hisoblamaydi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansidagi manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
NATOning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, gap oltidan o‘ntagacha dronning kirib kelishi haqida ketmoqda. Shu bilan birga, bosqin tasodifan emas, balki ataylab sodir bo‘lganligining belgilari mavjud.
Qayd etish joiz, ayni holatda NATO samolyotlari alyans havo hududidagi ehtimoliy tahdidlarga birinchi marta qarshilik ko‘rsatdi.
Tungi operatsiyada Polshaning F-16 qiruvchi samolyotlari, Niderlandiyaning F-35 samolyotlari va Italiyaning AWACS radar razvedka samolyotlari ishtirok etdi. Hududda joylashtirilgan Patriot havo mudofaa tizimlari radarda uchuvchisiz uchoqlarni aniqladi, ammo qurol ishlatilmadi.
Live
Barchasi