Narkokurerlarni “samosud” qilishda gumonlangan 10 dan ortiq shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda giyohvandlik moddalarini tarqatish bilan shug‘ullanganlar noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklanib, ularga tan jarohati yetkazilgani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi izoh berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 yanvar kuni Qibray tumanida ijtimoiy tarmoqlardan biri orqali topshiriq olib, giyohvandlik moddalarini tarqatish bilan shug‘ullanganlarni noma’lum shaxslar urib, ularga tan jarohati yetkazgan va ushbu holat tasvirga olingan.

Mazkur holat yuzasidan IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1997-2003 yilda tug‘ilgan o‘ndan ortiq shaxslar gumonlanuvchi sifatida ushlangan.

Ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Dastlabki tergovda aniqlanishicha, gumonlanuvchilar pul evaziga shu kabi bir nechta voqeada ishtirok etib, kaltaklash aks etgan kadrlarni ijtimoiy tarmoq orqali buyurtmachiga yetkazib bergan. 

“Holat yuzasidan ma’lumotlar to‘ldirilib, batafsil axborot beriladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing