Nyu-York aeroportida samolyot o‘t o‘chirish mashinasi bilan to‘qnashib ketdi (video)
Olam
−
23 mart 12413 2 daqiqa
Kecha, 22 mart kuni kechqurun Air Canada aviakompaniyasiga tegishli samolyot La-Guardiya aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘t o‘chirish mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “The Mirror” xabar berdi.
AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi Nyu-Yorkdagi aeroportda “havo kemasi bilan bog‘liq favqulodda vaziyat” sababli ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qilgan.
OAVning Nyu-York o‘t o‘chirish departamentiga tayanib yozishicha, Monrealdan kelayotgan reysni amalga oshirayotgan samolyot o‘t o‘chirish mashinasiga urilgan, oqibatda to‘rt nafar o‘t o‘chiruvchi og‘ir jarohat olgan. To‘qnashuv to‘rtinchi uchish-qo‘nish yo‘lagida sodir bo‘lgan. Ma’lumotga ko‘ra, to‘qnashuv tezligi taxminan 39 km/soat bo‘lgan.
Havo kemasi – Bombardier CRJ-900 bortida 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgan va ularning holatiga aniqlik kiritilmoqda.
La-Guardiya aeroporti X ijtimoiy tarmog‘ida ob-havo sharoiti sababli parvozlarda uzilishlar bo‘lishi haqida ogohlantirgan. Hududda yomg‘ir va tuman kuzatilgan.
Guvohlar tomonidan olingan foto va videolarga ko‘ra, Bombardier CRJ-900 katta tezlikda o‘t o‘chirish mashinasiga urilgan. Oqibatda samolyotning burun qismi jiddiy shikastlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailandning Pxuket aeroportida bortida 140 kishi bo‘lgan Air India Express yo‘lovchi samolyoti shassisi (g‘ildiraklari) bilan bog‘liq muammo tufayli qattiq qo‘nishni amalga oshirgandi. Ushbu hodisa sababli aeroportda harakat butunlay to‘xtab qolgan.
Live
Barchasi