MYUda Ronaldu raqamining yangi egasi topildi
Sport
−
06 iyul 2023 4091 1 daqiqa
Kecha, 5 iyul kuni Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bilan shartnoma imzolagan Meyson Maunt jamoaning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldudan qolgan raqamni egalladi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Chelsi” safidan “qizil iblislar”ga kelib qo‘shilgan yarim himoyachi endilikda Ronaldudan keyingi egasiz qolgan yettinchi raqam ostida maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, MYUda mazkur raqam hamma vaqt ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Jord Best, Brayan Robson, Erik Kantona, Devid Bekxem va Krishtianu Ronaldu kabi yulduz futbolchilar ushbu raqam ostida to‘p surgan.
Eslatib ko‘tamiz, avvalroq Meyson Mauntning “Manchester Yunayted” jamoasi bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladigan 5 yillik shartnoma imzolagan edi. Angliya klubi futbolchining transferi uchun umumiy 60 million funt sarfladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr