Muxlislar “Real” va “Barselona” futbolchilarining avtobuslariga tosh otdi

Sport

image

Kataloniya poytaxtida Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan “Real Madrid” hamda “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuv oldidan jamoalar avtobuslariga tosh otildi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real Madrid” avtobusining oynalaridan biri singan, biroq madridlik futbolchilardan hech biri jarohat olmagan. Shuningdek, “Barselona” muxlislari ham pirotexnika vositalaridan chiqqan quyuq tutun sababli adashib, o‘z jamoasi avtobusiga ham tosh otib yuborgan, biroq hodisadan jabr ko‘rganlar bo‘lmagan.

Ma’lumot uchun, kecha, 10 may kuni “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kataloniyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, muddatidan avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, “Barselona” o‘z tarixida 29-marta Ispaniya chempioniga aylandi. Jamoa Xans-Diter Flik qo‘l ostida ketma-ket ikkinchi bor La Liga g‘olibligini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus “Barselona” “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing