Mudrikning diskvalifikatsiyasi yakunlandi – manba
Sport
−
12:31 445 1 daqiqa
Ukraina terma jamoasi va “Chelsi” klubi qanot yarim himoyachisi Mixail Mudrik doping qabul qilgani sababli olgan diskvalifikatsiya muddatini yakunladi. Bu haqda “Topskills Sports UK” xabar berdi.
Manbada aytilishicha, futbolchi kelasi hafta “Chelsi”ning Kobxemadagi mashg‘ulot bazasida asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarga qaytadi.
Xabarlarga ko‘ra, taqiq joriy yilning 17 yanvar kuni rasman bekor qilingan. Shuningdek, “Chelsi” futbolchining o‘yin formasini tiklash maqsadida “Strasburg” klubiga ijaraga berishni rejalashtirmoqda. Rejaga ko‘ra, Mudrik Fransiyada ma’lum muddat to‘p surib, shundan so‘ng yana London klubiga qaytishi mumkin.
Hozircha na “Chelsi” klubi, na Mixail Mudrik ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, Mudrik 2024 yil dekabr oyidan beri maydonga tusha olmagan. U o‘tgan mavsumda londonliklar safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Live
Barchasi