Mudofaa ishlar organlari fuqaro xodimlarining ish haqi oshiriladi
Jamiyat
−
09 iyun 4068 1 daqiqa
O‘zbekistonda mudofaa ishlar organlari fuqaro xodimlarining ish haqi miqdori joriy yil 1 iyuldan 20 foizga, 2027 yil 1 yanvardan yana 50 foizga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov “Axborot 24” dasturida ma’lum qildi.
Kecha, 8 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa sohasidagi ayrim masalalar yuzasidan taqdimot bilan tanishgan. Mudofaa vaziriga ko‘ra, Toshkent va Samarqand shaharlarida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga turarjoy ijarasi uchun to‘lanadigan pul kompensatsiyasi 25 foizga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mudofaa ishlar organlari fuqaro xodimlarining ish haqi miqdori joriy yil 1 iyuldan 20 foizga, 2027 yil 1 yanvardan yana 50 foizga oshirilishi belgilangan.
Taqdimot yakunida Shavkat Mirziyoyev qo‘shinlarning jangovar shayligi va tayyorgarligini oshirish, bu borada qo‘shinlarga ilg‘or tajribalarni tatbiq etish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab bergan.
Shuningdek, harbiy ta’lim tizimidagi islohotlarni izchil davom ettirish, askarlarni kasbga o‘qitish va oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash, buning uchun ularga munosib sharoitlar yaratib berish yuzasidan aniq topshiriqlar qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lgan va ID-karta olgan o‘g‘il bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining axborot tizimidan olinib, ularni avtomatik tarzda harbiy hisobga qo‘yish tartibi joriy etilishi xabar qilingan edi.
Live
Barchasi