Motoroller haydovchisi Lacetti bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi
Jamiyat
−
12 may 2020 6346 1 daqiqa
Kecha, 11 may kuni soat 16:30 da Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida Lacetti va motoroller ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida bir odam halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti ma’lum qildi.
36 yoshli A.R. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasida Sho‘rchi tumani “Oqkamar” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-592 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida harakatlanib kelayotganida qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, ushbu yo‘nalishdan kelayotgan 38 yoshli K.A. boshqaruvdagi motoroller bilan to‘qnashib ketgan.

Natijada motoroller haydovchisi K.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr