Moskvada baxtsiz hodisaga uchragan o‘zbekistonlik ortga qaytarildi (video)
Jamiyat
−
15:45 1951 1 daqiqa
Rossiyaning Moskva shahrida ish joyida baxtsiz hodisaga uchragan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Rossiyadagi O‘zbekistonning Migratsiya agentligi vakolatxonasiga murojaat qilingan. Shundan so‘ng fuqaroga yordam ko‘rsatilib, ortga qaytarilgan.
Hozircha baxtsiz hodisa haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahriga ish izlab borib, qiyin ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarilgandi.
Live
Barchasi