Mobiuz 200 mln so‘mlik shaxmat bo‘yicha onlayn-turniriga start berdi

Biznes

image

Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida sayyoramizning eng yaxshi grossmeysterlari bellashayotgan bir paytda, oddiy havaskorlarda ham onlayn taxta qarshisiga o‘tirish uchun yaxshigina sabab paydo bo‘ldi.

O‘zbekistonda shaxmat terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash milliy aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Mobiuz unga o‘ziga xos tarzda qo‘shildi – abonentlarga shunchaki muxlislik qilishni emas, balki shaxmat o‘ynashni taklif qildi.

MobiChess onlayn-turniri bevosita Mobiuz mobil ilovasida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining texnologik hamkori bo‘lmish idChess platformasida start olmoqda.

Jami 4 ta bosqich (25 sentyabr, 9 oktyabr, 23 oktyabr, 13 noyabr kunlari) va yakuniy turnir (27 noyabrda) rejalashtirilgan. Ularning har biri ikki soatdan, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 dan 21:00 gacha davom etadi.

Bosqich boshlanishidan oldin platformada kamida 10 ta istalgan partiyani o‘ynash kerak. Bu o‘ziga xos saralash va shu bilan birga taymer ishga tushishidan oldin o‘yin interfeysini o‘zlashtirib olish imkoniyatidir.

O‘yinlarning o‘zi “Arena” shaklida o‘tkaziladi: bir partiya ko‘pi bilan 5 daqiqa davom etadi, keyin esa darhol yangi raqibni qidirish boshlanadi. G‘alaba uchun 2 ball, durang uchun 1, mag‘lubiyat uchun 0 ball beriladi. Kim ikki soat ichida eng ko‘p ball to‘plasa, o‘sha g‘olib bo‘ladi. Ochkolar teng bo‘lib qolganda, o‘rinlar raqiblarning kuchliligiga qarab belgilanadi.

Sovrin jamg‘armasi bosqichdan-bosqichga o‘sib boradi. Birinchi bosqichda sovrin jamg‘armasi 16 mln so‘mni, ikkinchi bosqichda – 24 mln so‘m, uchinchi bosqichda – 30 mln so‘m, to‘rtinchi bosqichda – 50 mln so‘mni tashkil etadi. Yakuniy turnir g‘olibi 40 million so‘m, kumush va bronza sovrindorlari mos ravishda 25 million va 15 million so‘mga ega bo‘lishadi.

Bundan tashqari, har bir bosqichda 30 GB, 10 GB va 5 GB internet-to‘plamlar o‘ynaladi.
Birinchi bosqichga ro‘yxatdan o‘tish 24 sentyabr soat 23:59 gacha ochiq. Qo‘shilish uchun Mobiuz ilovasini yuklab olish yoki yangilash, ro‘yxatdan o‘tish, MobiChess

bo‘limiga kirish, 10 ta partiya o‘ynash va turnir kuni soat 19:00 da “Arena”ga o‘tish kifoya.
To‘liq qoidalar, jadval va sovrinlar bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing