Mobil aloqa tariflarining oshirilishi yuzasidan tekshiruv boshlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun narxlar oshirilgani yuzasidan o‘rganish boshlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan mobil aloqa operatorlari narxlarni oshirishi asosliligini o‘rganish maqsadida joriy yil noyabr oyining boshida tegishli tartibda so‘rovlar yuborilgan.

Hozirda xizmat sifatini yaxshilash va qamrovini kengaytirish yuzasidan aloqa operatorlari tomonidan amalga oshirilayotgan xarajatlarning narxlarga ta’siri to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar ko‘rib chiqilyapti.

“O‘rganish davomida qonun buzilish holatlari, xususan muvofiqlashtirilgan harakatlarning alomatlari aniqlansa, tekshiruv tayinlanadi”, deb yoziladi xabarda. 

Shuningdek, agar yuqorida keltirilgan holatlar tasdiqlansa, kompaniyalarga qonunchilikka muvofiq qat’iy choralar qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 21 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda aholi punktlarining 99 foizi mobil aloqa bilan qamrab olingani ma’lum qilingandi.

Qobilova Komila


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Mobil aloqa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing