Misr MTJ vakillari mehmonxonada politsiya bilan tortishib qoldi (video)
Sport
−
03 iyul 1685 1 daqiqa
Dallas shahrida Misr milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi a’zolaridan biri va politsiya xodimi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 finali doirasidagi Avstraliya – Misr uchrashuvidan bir kun oldin Dallas shahridagi mehmonxonada noxush voqea sodir bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra, Misr terma jamoasi direktori Ibrohim Hasan yosh muxlisga futbolchilar bilan suratga tushishga yordam bermoqchi bo‘lgan. Biroq mehmonxona foyesida navbatchilik qilayotgan politsiya xodimi uni to‘xtatgan va shundan so‘ng ikki tomon o‘rtasida keskin tortishuv yuzaga kelgan.
Ma’lum qilinishicha, tortishuv paytida politsiya xodimi Ibrohim Hasanni itarib yuborgan. Bu esa og‘zaki janjalning yanada kuchayishiga sabab bo‘lgan. Vaziyat deyarli jismoniy to‘qnashuvga aylanishi mumkin edi, ammo xavfsizlik xizmati va mehmonxona xodimlari aralashib, nizoni bartaraf etgan.
Hodisa aks etgan videolar qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Kadrlarda xavfsizlik xodimlari ishtirokchilarni tinchlantirayotganini ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun, Avstraliya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi 1/16 final bahsi bugun, 3 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.
Live
Barchasi