Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
06 iyul 2024 5943 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi.
Shavkat Mirziyoyev kecha, 5 iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Turkiy Davlatlar Tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketgandi. Fuzuliy xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yagub Eyubov, Ozarbayjon Prezidentining Agdam, Fuzuliy va Xo‘javend viloyatlari bo‘yicha maxsus vakili Emin Huseynov hamda Tashqi ishlar vaziri Samir Sharifov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Shundan so‘ng, Mirziyoyev Shusha shahriga bordi va u yerdagi qadimiy masjidni ziyorat qildi. TDT sammitida Davlat rahbari G‘azo sektoridagi zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatishga, tinchlik jarayonlarini tezroq boshlashga chaqirdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr