Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga ilk tashrifi yakunlandi (video)
Jamiyat
−
25 iyun 4661 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi yakuniga yetdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tarixdagi birinchi bo‘lgan ushbu tashrif O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berdi va ko‘p qirrali hamkorlik rivoji uchun keng imkoniyatlar ochgan.
Davlat rahbari kecha, 24 iyun kuni Ulan-Bator shahrida Prezident Uxnaagiyn Xurelsux bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi. Amaliy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va sanoat sohalarida kooperatsiyani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yakunda Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
Prezidentlar rafiqalari bilan ikki mamlakat san’at ustalarining qo‘shma konsertida ishtirok etdilar.
Bugun davlat rahbari rafiqasi bilan “Ix Tenger” majmuasiga tashrif buyurdi. Prezidentlar va birinchi xonimlar birgalikda daraxt ekdi. An’anaviy "Naadam" o‘yinlari tomosha qilindi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Live
Barchasi