Mirziyoyev Japarovga maktub yo‘lladi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Samarqandda UNESCO’ning 43-sessiyasi Bosh konferensiyasi ish boshlagani bilan tabriklagandi. Prezident Mirziyoyev qo‘shni davlat rahbarining tabriknomasiga javoban maktub yo‘lladi.

Davlat rahbari Qirg‘iziston tomoni ushbu tadbirga nufuzli delegatsiyasini yuborgani uchun minnatdorlik bildirgan.

“Mazkur xalqaro forum so‘nggi qirq yil ichida ilk bor UNESCO Bosh qarorgohidan tashqarida – qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazilayotgani Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy muvaffaqiyati ekani, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora oshib borayotgani haqidagi iliq so‘zlaringiz biz uchun g‘oyat qadrlidir.

Konferensiyada ilgari surilgan muhim tashabbuslar va qabul qilinadigan qarorlar ta’lim, fan va madaniyat sohasida global hamkorlikning yangi ufqlarini ochishi, o‘zaro do‘stlik muhitini yanada kuchaytirishi haqidagi fikrlaringizga ham to‘liq qo‘shilaman”, deyilgan maktubda.

O‘zbekiston rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi qardoshlik rishtalari tobora mustahkamlanib borayotgani va bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlar strategik sheriklikni yuqori bosqichga ko‘tarishiga ishonch bildirgan.

Ma’lumot uchun, UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 30 oktyabr – 13 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand UNESCO Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing