Mirziyoyev Vuchichni tantanali tarzda kutib oldi

Jamiyat

image

Bugun, 28 oktyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etgan.

Ikki davlat madhiyalari yangragan. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tgan. Rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan.

Birgalikda suratga tushilganidan so‘ng davlat rahbarlarining delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Aleksandr Vuchich rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani haqida xabar berilgandi. Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston – Serbiya hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, Aleksandr Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Aleksandr Vuchich Serbiya Ko'ksaroy qarorgohi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing