Mirziyoyev va Pezeshkiyon bir-birini tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bugun, 5 iyun kuni telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zaro muloqotda ikki rahbar bir-birini va O‘zbekiston hamda Eron xalqini muqaddas Qurbon hayiti bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasidagi faol muloqot va almashinuvlar mamnuniyat bilan qayd etildi. avdo, investitsiya, transport va logistika, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Eron yetakchilari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan fikr almashdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon joriy yilning 1 aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda bir-birlarini va mamlakatlarning do‘st xalqlarini bahor ayyomi Navro‘z va muborak Ramazon hayiti - Iyd al-Fitr bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Eron Qurbon hayiti Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing