Mirziyoyev rahbarlar eskicha ishlashi bilan uzoqqa bora olmasligini aytdi

Jamiyat

image

Endilikda eskicha ishlash bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi, hokimlar va sektor rahbarlari o‘zgarishi kerak. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o‘tkazayotgan yig‘ilishida so‘z ochdi. 

Davlat rahbari viloyat jadal sur’atda rivojlanayotgani, sanoati bo‘yicha respublikada to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilganini qayd etdi. Viloyat yiliga 280 ming tonna paxta, 530 ming tonna g‘alla va 2,5 million tonna meva-sabzavot yetishtiradi.

Shu bilan birga, Andijonda hali ishga solinmagan imkoniyatlar va salohiyat juda katta ekani ko‘rsatib o‘tildi. Andijon viloyati sanoati yirik korxonalarga bog‘lanib qolgan. Uning 70 foizini Andijon shahri va Asakadagi mashinasozlik korxonalari beryapti.

Viloyat eksportining 82 foizini, tayyor mahsulotlarda 76 foizini to‘qimachilik bermoqda. Samarqand bilan bir xil miqdorda meva-sabzavot yetishtiradigan Andijon 5 barobar kam eksport qiladi. Mehmonxona o‘rinlarini 90 foizi ham birgina Andijon shahrida.

Davlat rahbari eskicha ishlash bilan uzoqqa borib bo‘lmasligini, hokimlar, sektor rahbarlari o‘zgarishi kerakligini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing