Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi
Jamiyat
−
29 avgust 3227 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Yurtimizning qadimgi tarixidan to bugunigacha bo‘lgan eng muhim voqealar, buyuk alloma va jahongir bobolarimiz siymolari aks etgan mazkur majmua Mustaqillik ramziga aylangan. Uning eng yuqori qismidagi Humo qushi mamlakatimiz gerbi, xalqimizning ezgu qadriyatlarini ifodalaydi”, deyiladi xabarda.
Davlat rahbari mazkur monument ona Vatan, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalq sharafiga bunyod etilgan buyuk obida ekanini ta’kidlagan edi.

Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 avgust kuni Shahidlar xotirasi xiyoboniga 31 avgust Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar yig‘ilgandi. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Vatan fidoyilari haqqiga Qur’on tilovat qilindi. Elga osh tortildi. Xiyobondagi ramziy qabr yonida ham Qur’on tilovat qilindi. Shu yerda ulamo va ziyolilar bilan tarixni o‘rganish va yoshlarga o‘rgatish, mustaqillik va tinchlikni qadrlash haqida muloqot bo‘ldi.
Live
Barchasi