Mirziyoyev Xitoyga boradi
Jamiyat
−
28 avgust 7808 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Yaponiya agressiyasiga qarshi Xitoy xalqining qarshilik ko‘rsatish urushidagi g‘alaba va Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda ishtirok etish uchun Xitoyga boradi. O‘zbekiston rahbarining tashrifi haqida hali rasmiy Toshkent ma’lumot bermagan bo‘lsa-da, Xitoyning rasmiy axborot agentligi “Sinxua” Mirziyoyevning tashrifini tasdiqladi.
Qayd etilishicha, Pekinda o‘tadigan tantanalarda 26 mamlakat yetakchilari va hukumat rahbarlari ishtirok etadi.
Bayonotda tilga olingan birinchi xorijiy davlat rahbari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, ikkinchisi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indir.
Pekindagi bayramlarda, shuningdek, Kambodja, Vetnam, Laos, Indoneziya, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Nepal, Maldiv orollari, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Kongo Respublikasi, Zimbabve, Serbiya, Slovakiya, Kuba va Myanma davlat hamda hukumat rahbarlari ishtirok etadi.
3 sentyabr kuni Pekinda keng ko‘lamli parad bo‘lib o‘tadi. Marosim 70 daqiqa davom etadi, unda Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi an’anaviy qo‘shin turlari va qurolli kuchlarning yangi bo‘limlari – 45 ekipaj, ilg‘or raketa texnologiyalari, tanklar, samolyotlar va milliy ishlab chiqarishning uchuvchisiz tizimlarini taqdim etadi.
Ma’lumot uchun, Xitoy xalqining yapon agressiyasiga qarshi qarshilik ko‘rsatish urushi, ikkinchi Xitoy-yapon urushi deb ham ataladi, 1931 yilda Yaponiyaning Manchuriyaga bostirib kirishi bilan boshlandi va 1937 yilda keng ko‘lamli urushga aylanib, 1945 yilda Yaponiyaning taslim bo‘lishi va Ikkinchi jahon urushining tugashi bilan yakunlandi. Xitoy fashizm ustidan g‘alaba qozonishda, Yaponiya qo‘shinlarini uzoq yillar davomida ushlab turishda va xalqaro antifashistik frontni shakllantirishda muhim rol o‘ynagani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston rahbari so‘nggi bor joriy yilning yanvar oyida 23-25 yanvar kunlari Xitoyga davlat tashrifini amalga oshirgan edi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr