Mirziyoyev xalqaro sport tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
29 aprel 3961 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 aprel kuni Butunjahon suzish federatsiyasi rahbari, Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori Husayn al-Musallam va Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniyni qabul qildi. Bu haqda Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, sport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda professional va ommaviy sportni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Uchrashuv avvalida Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston yetakchisiga Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
“Ushbu xalqaro sport tashkilotlari bilan amaliy hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, Butunjahon suzish federatsiyasi bilan sheriklikni mustahkamlash, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekistonda suv sporti turlari uchun zamonaviy va hammabop infratuzilma yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mamlakatda yirik xalqaro musobaqalar, Osiyo Olimpiya kengashi Assambleyasi yig‘ilishi va Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasining yirik tadbirlarini o‘tkazish masalalari ham muhokama qilingan.
Live
Barchasi